Xonanda Umidaxon 22 iyun kuni o`zining ilk musiqiy to`plamini muxlislar e`tiboriga havola etdi. Asli nomi “Yulduzimsan” bo`lgan albom nomi disk chiqarishga mas`ul shaxslarning aybi bilan “Oti yulduzimsan” tariqasida taqdim etildi.
“Sayyod.com” ning yozishicha, disk chiqarishning tashkiliy masalalari bilan shug`ullangan “Discovery” do`konining aksariyat xodimlari rusiyzabon bo`lgani uchun ular tomonidan disk nomi yozilayotgan paytda xatoga yo`l qo`yilgan.
Umidaxonning ilk albom taqdimotida ko`plab san`atkorlar mehmon bo`lib, xonandani tabriklashdi. Ular orasida Manzura, Madina Mumtoz, Oybek va Nigora, A`lo Rahimova, Dilso`z va Kamola Oripovani sanab o`tish mumkin.