1

​Issiqda yurak-qon tomir tizimi kasalliklari xuruj qilmasin desangiz

Salomatlik 24.06.2017, 11:12
Teglar: Salomatlik
​Issiqda yurak-qon tomir tizimi kasalliklari xuruj qilmasin desangiz

Issiq ob-havo barcha yoshdagi insonlar salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Ayniqsa, yurak-qon tomir tizimida surunkali kasalliklari mavjud insonlar, qariyalar va bolalar aziyat chekadilar.

Yozning issiq kunlarida shifokorga murojaat etish holatlari ortadi. Ushbu kunlarda arterial qon bosimining ko`tarilishi, qon aylanish tizimida o`zgarishlar, infarkt miokardlar ko`payadi. Jazirama issiq insonlar salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatishi aniq.

O`ZINI HIMOYa QILISh ChORALARI

Kun davomida 5 marotaba ovqatlanib, imkon darajasida yashil va oq rangga ega barcha ho`l mevalarni hamda yog`siz taomlarni iste`mol qilish maqsadga muvofiqdir. Suvni ovqat eb bo`lgach, 30 daqiqa o`tgandan so`ng kam-kam miqdorda ichish tavsiya etiladi. Issiq taomlardan ko`ra sovuq taomlarni (okroshka, sabzavotli sho`rvalarni) eyish kerak.

Issiq kunda cho`milish havzalarida juda sovuq suvga sho`ng`ib cho`milish tavsiya etilmaydi. Negaki, sovuq suv tomirlar torayishini keltirib chiqaradi. Suvga sho`ng`ishdan oldin biroz soyada turish, tanani sovutish kerak. Bu kunlarda sovuq dushda cho`milish ham tavsiya etilmaydi, negaki, suvda tomirlar torayadi, keyin esa keskin kengayadi. Yaxshisi, issiq kunda iliq dush qabul qilish kerak. Me`yoridan ziyod jazirama, bu davrda quyoshning faolligi oshgani bilan yanada xavf­li. Shu sababli oftobda toblanishda barcha ehtiyot choralarini ko`rish kerak. Bu muolajani soat 12 dan 16 gacha qilmagan ma`qul. Oftobda toblanish paytida boshga albatta bosh kiyim kiyish lozim. Eng yaxshisi soyabon ostida, kuchli issiqda esa xo`llangan ro`molcha bilan boshni o`rab yotgan ma`qul.

Jazirama kunlari ultrabinafsha nurlanishning darajasi oshganini hisobga olib, ko`zga himoya ko`zoynakni taqish zarur. O`zingiz bilan gazlanmagan mineral suv oling. Issiq kunlarda yalang oyoq yurib turish foydadan holi emas, chunki tovonlarda ichki a`zolar faoliyatiga ta`sir etuvchi faol nuqtalar mavjud.

Jazirama kunlarda sport va jismoniy mashqlar bilan kuchli shug`ullanish mumkin emas, chunki mashqlar paytida issiq almashinuvi 5 martagacha oshadi, shu sababli organizmda suvsizlik kelib chiqishi mumkin. Yugurish yoki trenajyorda shug`ullangandan ko`ra issiq paytda plyajda, soyada dam olgan foydali. Issiq kunlarda sintetik va tanaga yopishib turuvchi kiyim kiyish mumkin emas. Paxta va bo`z matodan tikilgan kiyim-kechak, terini nafas olishi va ter chiqarishi uchun engil va qulay. Sun`iy, sintetik matolar terining nafas olish jarayonini qiyinlashtiradi. Shuningdek, jazirama issiqda yuz terisiga krem va upa ishlatishni chegaralagan ma`qul, ular teridagi mayda teshiklarni berkitib, teri nafas olishini qiyinlashtiradi. Yozning jazirama issiq kunlari chekish va spirt­li ichimliklardan voz kechish uchun eng qulay payt hisoblanadi. Negaki, issiq kunlarda alkogolli ichimliklarni ichish qat`iy ma`n etiladi, tamaki chekishning zarari esa chekuvchi uchun ham, atrofdagilar uchun ham bir necha marta oshadi.

Uzoq vaqt ayniqsa, bosh kiyimsiz quyosh nurlari ostida bo`lish tavsiya qilinmaydi. Muntazam turli suyuqliklar: suv, yaxshisi gazsiz mineralli suv, ko`k choy va sharbatlar iste`mol etish tavsiya etiladi. Ular sovutilgan (lekin juda sovuq yoki muzlatilgan emas!) holda ichilsa chan­qoqni yaxshi bosadi. Choyni issiq holda ichish mumkin. Alkogol, pivo, kofe chan­qoq bosish uchun yaramaydi.

Bino yoki xonadagi haroratni nazorat etib turgan ventilyator yoki kondisionerlarning bevosita ostida bo`lish noxush oqibatlarga olib kelishi mumkinligini esdan chiqarmaslik kerak.

Yurak-qon tomir tizimida kasalliklari bor bemorlar shifokor tavsiya etgan dorilarni o`z vaqtida qabul qilib yurishlari lozim. Qon bosimi bor insonlar doimo qon bosimini nazorat qilib turishlari kerak. Hamda qandli diabet bilan og`rigan bemorlar ham o`z sog`liqlariga befarq bo`lmasliklari kerak.

Ushbu oddiy profilaktik tadbirlarni qo`llab,ob-havoning eng jazirama kunlarida o`zini yaxshi sezib, hamda salomatlik holatini yomonlashishini oldini olish mumkin.

PROFILAKTIKASI

Isib ketish va suvsizlanishni oldini olish uchun qo`yidagi profilaktika ishlarini amalga oshirish kerak:

Tanaga to`g`ri quyosh nurlari tushishini oldini olish uchun xonalarni soya qilish, binolarga kondisioner o`rnatish, stol usti, pol va devorlarga ventilyatorlar o`rnatish, tanani sovutish uchun dushlardan foydalanish va hokazo.

Issiqlik urishining oldini olishda organizimning suvsizlanishdan saqlash kerak, demak issiq sharoitda zo`riqtiruvchi jismoniy harakatdan qochish, iloji boricha ko`proq suyuqlik ichish lozim. Biroq bu suyuqliklar alkogolli ichimliklar, achchiq choy va kofe bo`lmasligi kerak. Suvni ham faqat ichmasdan, balki tananiyam nam sochiqlar bilan artish lozim. Issiq kunda ko`chaga chiqqanda engil tabiiy ochiq rangli kiyimlarni kiyish, hamda bosh kiyimini unutmaslik kerak.

Katta yoshdagilar va bolalar kunning issiq vaqtlarida toza havoda sayrdan voz kechganlari ma`qul. Bunday paytlarda suv havzalarida bo`lish umuman tavsiya etilmaydi. Quyoshli kunda ochiq joyda turgan avtomobilga o`tirishdan oldin hamma eshiklarini ochib shamollatish kerak. Issiq kunlarda ko`p suyuqlik ichish bilan birga iloji boricha ko`proq meva sabzavotlar eyish maqsadga muvofiqdir.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1