1

​Erdo`g`an Hayit namozi vaqtida hushidan ketdi

Dunyo 27.06.2017, 09:58
​Erdo`g`an Hayit namozi vaqtida hushidan ketdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdo`g`an Ramazon hayit namozi vaqtida hushidan ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Turkiya prezidenti Atashehir shahridagi Mimari Sinan machitida Ramazon hayiti namozi vaqtida hushidan ketgan. Uni yonida namoz o`qiyotgan odamlar tutib qolgan. Telekanal bergan ma`lumotga ko`ra, Erdo`g`anning qonida qand miqdori oshib ketgan. Shifokorlar unga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko`rsatgandan keyin Erdo`g`an o`ziga kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1