1

Abu-Dabi shifonasi uysiz amerikalik bemorning 63 ming dollar qarzidan kechdi

Dunyo 27.06.2017, 13:52
Abu-Dabi shifonasi uysiz amerikalik bemorning 63 ming dollar qarzidan kechdi

Sharjadagi oilalardan biri boshpana bergan 70 yoshli amerikalik Alan Kleyr Xayms tez orada vataniga qaytishi mumkin. U bilan 230 ming dirham (63 ming dollar atrofida) qarzi tufayli sudlashgan Abu-Dabi universal shifoxonasi da`vosidan voz kechdi. Bu haqda UAE Inside xabar berdi.

Alan Kleyr Xayms Amirliklarga 2015 yil yanvarida sherigi bilan yangi loyiha boshlash uchun kelgandi. Loyiha muvaffaqiyatsiz bo`lib chiqdi va u bor-budidan ayrildi.

Salomatligida muammolar yuzaga kelgan Alan Abu-Dabi shifoxonaga yotdi va katta miqdorda qarz bo`lib qoldi. Xarajatlarni qoplash uchun ishga joylashishga harakat qildi, biroq keksaligi pand berdi.

«Biz unga biznes-sherigi hisob-kitob qilishi haqida ishontirilganidan so`ng ruxsat bergandik. Shundan so`ng janob Xaymsdan bir yildan ortiq vaqt dom-darak bo`lmadi. Muqaddas Mariya katolik cherkovi mijozimizning og`ir ahvoli haqidagi murojaat bilan chiqqach, unga yordam qo`lini cho`zishga qaror qildik», — deydi shifoxona ijrochi direktori Shaber Nellikodu.

Shifoxona qarzidan kechganidan so`ng Alan Xayms endi vataniga qaytishi mumkin. Shifoxona rahbariyati uning AQShga parvoz xarajatlarini ham qoplab berishni va`da qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1