AsosiyDunyo

​Rossiyada chet el fuqarolarini migrasion hisobga olish tartibi o`zgartirildi

'​Rossiyada chet el fuqarolarini migrasion hisobga olish tartibi o`zgartirildi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi Prezidentining «Rossiyada Futbol bo`yicha 2018 yilgi jahon chempionati va 2017 yilgi FIFA Konfederasiyalar kubogini o`tkazish davrida kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini qo`llash xususiyatlari to`g`risida»gi farmoniga muvofiq ushbu tadbirlar o`tkaziladigan vaqtda chet el fuqarolarini migrasion hisobga (ro`yxatga) olish tartibi o`zgartiriladi.

Farmonga ko`ra to`rtta Rossiya shaharlari – Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Qozonda 2017 yilning 1 iyunidan 12 iyuligacha, shuningdek 2018 yilning 25 mayidan 25 iyuligacha Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Ekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-na-Donu, Samara, Saransk va Sochida chet el fuqarolarini migrasion hisobga qo`yish muddati Rossiyaga kelgan kunidan boshlab bir sutkagacha qisqartirildi.

O`z vaqtida migrasion hisobga qo`ymaslik ma`muriy tartiblarni buzganlik deb baholanishi va keyinchalik Rossiya hududiga kirishga cheklov qo`yilishiga olib kelishi mumkin.

Boshqa yangiliklar