Turkiyalik jurnalist Hemze Hamza o`zining Twitter sahifasiga snayperlarning dueli aks etgan videoni joylashtirdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Kurd otrayadining snayper qiziga IShID terrorchilik guruhining o`qi tegishiga bir bahya qolib, devorga qadalgan bo`lsa-da, qiz bunga e`tibor bermay, jilmayishda davom etdi. Kadrda snayper qiz Dragunov vintovkasidan foydalanayotganini ko`rish mumkin. Jurnalist uning jasurligiga tan berdi. Aksariyat foydaluvchilar ham uning dovyurakligidan hayratga tushdi.






