Ispaniyalik yarim himoyachi Saul Niges “Atletiko Madrid” bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, yangi kelishuv 2021 yilgacha mo`ljallangan bo`ladi. Unga ko`ra, futbolchining badal puli 100 million evroni tashkil etadi.
22 yoshli Saulning maoshi ham oshiriladi, biroq u yiliga aynan qancha mablag` olishi hozircha ma`lum qilinmadi.






