AQShning Kentukki shtatidagi Myurrey Universiteti yotoqxonasida portlash bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Amerikaning Kentukki shtatidagi Murray State University universiteti ma`muriyati yotoqxonalardan birida portlash bo`lgani haqida ma`lum qildi. Ma`muriyat o`zining Tvitter sahifasida portlash Richmond zalida yuz berganini yozdi. Voqea joyida shoshilnch xizmati ish olib bormoqda. Okrugning favqulodda hodislar boshqarmasi direktori Bill Kollning ma`lum qilishicha, portlashga gaz chiqishi sabab bo`lgan. Hodisa tafsilotlari o`rganilmoqda. Hozircha qurbon bo`lganlar va jabrlanganlar haqida ma`lumot yo`q.