AsosiyJamiyat

​Yangilangan Janubiy vokzal qanday bo`ladi: loyiha tafsilotlari

'​Yangilangan Janubiy vokzal qanday bo`ladi: loyiha tafsilotlari'ning rasmi

Toshkent-Janubiy vokzalining ochilishi Mustaqillik ayyomiga mo`ljallanmoqda.

«O`zbekiston temir yo`llari» AJdan xabar berishlaricha, vokzalni qayta ta`mirlash zaruriyati yo`lovchi poezdlarining yangi yo`nalishlari yuzaga kelishi hamda yo`lovchilar oqimining oshishi bilan yuzaga keldi.

Binoning fasad qismining arxitektura echimi «Boshtransloyxa» AJ loyihalashtirish tashkiloti tomonidan Fransiyaning «MB architects» arxitektura byurosi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Bino zamonaviy xalqaro talablar asosida loyihalashtirilmoqda. Vokzalda yangi yo`lovchi perronlari va erosti yo`llari ko`zda tutilgan.

Vokzalni qayta ta`mirlash uchun tahminan 25 milliard so`m sarflanishi rejalashtirilgan. Qurilish ishlarida 250 kishi ishtirok etmoqda, shundan – 5 prorab, 7 – etakchi muhandis texnologlar, 238 – turli ixtisoslikdagi quruvchilar. Shuningdek qurilish ishlariga 100 dona texnika jalb qilingan.

Ochilishdan so`ng yangilangan vokzalning o`tkazish qobiliyati o`rtacha 11000 yo`lovchini tashkil qiladi. Bu esa o`z navbatida Markaziy “Toshkent” vokzalining bandligini 40 foizgacha kamaytiradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar