AsosiyDunyo

​Raqs studiyasidagi ko`zguda arvoh ko`rindi (Video)

'​Raqs studiyasidagi ko`zguda arvoh ko`rindi (Video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda sirli video paydo bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Devorning ikki tomonida ko`zgu mavjud bo`lgan raqs studiyasida mashq qilayotgan raqqosaning aksi o`z holicha harakatlandi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu holatga izoh topa olmadi. Videoda raqqosa qizning raqs tushgani, keyin dam olish uchun polga o`tirgani, uning ortidagi ko`zgudagi aksi o`z holicha o`rnidan turib, harakatlangani aks etgan. Raqqosa qiz esa ko`zgudagi “arvoh”ga e`tibor bermay, studiyani tark etgan.

Ba`zi bir foydalanuvchilar mazkur voqeani paranormal holat deb, boshqalar esa raqqosa qiz bilan birga unga o`xshab kiyingan boshqa qiz sinxron ravishda raqsga tushgan deya hisoblamoqda. Videorolik aynan qaerda suratga olingani haqida ma`lumot berilmagan.


Boshqa yangiliklar