AsosiyDunyo

​Baliq u bilan suratga tushmoqchi bo`lgan baliqchidan qochib ketdi (Video)

'​Baliq u bilan suratga tushmoqchi bo`lgan baliqchidan qochib ketdi (Video)'ning rasmi

Chexiyada ushlagan balig`i bilan suratga tushmoqchi bo`lgan baliqchidan o`ljasi qochib ketdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Mazkur voqea Brno shahri yaqinidagi suv havzalaridan birida ro`y berdi.

Videoda baliqchining avvaliga tutgan balig`ini tanishiga maqtangani, keyin uni erga qo`yib suratga tushmoqchi bo`lgani, baliq sirg`anib suvga tushib ketgani aks etgan. Baliqchilarning uni tutish uchun qilgan harakati natija bermadi. Baliq qochib ketishga muvaffaq bo`ldi.

Nashrning xabar berishicha, baliqchilar fotosessiyadan keyin baliqni suvga qo`yib yuborishni rejalashtirgan.


Boshqa yangiliklar