Londonning “Chelsi” jamoasi himoyachisi Natan Ake o`z faoliyatini “Bornmut” klubida davom ettiradigan bo`ldi.
“Bornmut”ning “Tvitter”dagi sahifasida ma`lum qilinishicha, gollandiyalik futbolchi 20 million funtga xarid qilindi va bu klub rekordi sifatida qayd etildi.
Qayd etish kerakki, avvalroq “Bornmut” jamoasi “Sanderlend” hujumchisi Jermeyn Defoni ham o`z safiga qo`shib olgandi.