AsosiySport

Bastian Shvaynshtayger AQShda jarohat oldi

'Bastian Shvaynshtayger AQShda jarohat oldi'ning rasmi

“Bavariya” va “Manchester Yunayted” jamoasi sobiq yarim himoyachisi, ayni vaqtda AQShning “Chikago Fayr” klubida to`p surayotgan Bastian Shvaynshtayger jarohat oldi.

32 yoshli futbolchi “Vankuver Uaytkeps”ga qarshi o`yinning birinchi bo`lim yakunida raqibdan to`pni olib, jamoadoshiga uzatdi va shundan keyin son qismini ushlab olib, erga yotib oldi.

Dastlabki tekshiruvlar jarohat og`ir emasligini va katta ehtimol bilan germaniyalik futbolchi oyoqdagi asab tolalarini qisib olganini ko`rsatdi.

Ma`lumot uchun, Shvaynshtayger shu yilning mart oyida “Chikago Fayr” a`zosiga aylangandi. U 14 o`yinda 2 ta gol va 1 ta golli pasga mualliflik qildi.

Boshqa yangiliklar