AsosiySport

“Yuventus” Aleks Sandroni 70 mln evroga sotmaydi

'“Yuventus” Aleks Sandroni 70 mln evroga sotmaydi'ning rasmi

“Yuventus” jamoasi “Chelsi” va PSJ klublarining jiddiy qiziqishlariga qaramay, himoyachi Aleks Sandroni sotgisi kelmayapti, deb yozadi Sports.uz.

Corriere dello Sport nashrining ma`lum qilishicha, turinliklar braziliyalik futbolchi uchun 70 mln evro taklif qilinsa ham uni sotmasligini aytdi.

“Keksa sinora” 26 yoshli futbolchi bilan amaldagi shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirib, uning yillik maoshini 5 million evrogacha oshirmoqchi.

Agar Sandro “Yuventus”da qolsa, katta ehtimol bilan “Real” himoyachisi Danilo ham Turinga ko`chib keladi. Ular “Portu”dagi faoliyatidan buyon yaqin do`stlar hisoblanadi.

Boshqa yangiliklar