Qatar poytaxti Doha shahrida 22 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasida U-22 Three Nations Tournament xalqaro turniri davom etmoqda.
Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi ikkinchi o`yinni Qatar U-22 termasiga qarshi o`tkazib, 1:0 hisobida g`alaba qozondi. O`yindagi yagona golga 15-daqiqada Andrey Sidorov mualliflik qildi.
Dastlabki o`yinda Qirg`iziston yoshlarini 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan O`zbekiston U-22 termasi ikkita o`yindan keyin 2 ta g`alabaga erishgan holda 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Qatar va Qirg`iziston yoshlar termasi 1 ochkodan ega bo`lib turibdi.
U-22 Three Nations Tournament
Al Sadd stadioni
2 iyul, yakshanba
Qatar U-22 – O`zbekiston U-22 — 0:1
Gol: Andrey Sidorov (15)
Ogohlantirishlar: Bekzod G`anijonov (73), Zabihillo O`rinboev (77)
Qatar U-22: Meshaal Iso Ahmad, Salah Alavi (Sulton Hussain, 72), Umar Ahmad (Abdulrahmon Anad, 62), Tamim Muhammad, Salim al-Xajri, Ahmad Duzandeh, Mashaal Qosim (Xolid Munir, 62), Nosir Ibrohim, Adel Avali al-Sulaymoniy (Abdulla Abdulsalom, 62), Ahmad Muhammad Ali, Assim Umar.
O`zbekiston U-22: Botirali Ergashev, Islom Qobilov, Mirjamol Qosimov (Xurshid G`iyosov, 46), Abbos Otaxonov (Xojiakbar Alijonov, 56), Javohir Siddiqov (Oybek Rustamov, 69), Abdujamol Isroilov (Sharof Muhiddinov, 69), Husniddin G`ofurov (Doniyor Narzullaev, 90), Andrey Sidorov (Zabihillo O`rinboev, 56), Doston Tursunov, Bekzod G`anijonov (Jasur Yaxshiboev, 46), Suhrob Nurulloev (Bobur Abduxoliqov, 56).






