Prezident Shavkat Mirziyoev tajriba tariqasida Alisher Sa`dullaevni xalq ta`limi vazirining o`rinbosari etib tayinladi. Bu haqda “Daryo” nashri.
Xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatov 2 iyul kuni uni selektor yig`ilishi chog`ida tanishtirdi.
Yaqinda bo`lib o`tgan “Kamolot” YoIH s`ezdi chog`ida Alisher Sa`dullaev O`zbekistonda chet tillarini o`rganish istiqbollari yuzasidan o`z takliflari bilan Shavkat Mirziyoevga murojaat qildi. Shundan so`ngi Prezident uni xalq ta`limi vaziri o`rinbosari etib tayinlashga ko`rsatma berdi.
Alisher Sa`dullaev 1994 yil 11 iyulda Jizzax viloyatida tug`ilgan. Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini (MDIST) bitirgan. Shu paytgacha u Result o`quv markazining direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.