“Manchester Siti” jamoasining ispaniyalik yarim himoyachi Xesus Navas o`z faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Calciomercato nashrining ma`lum qilishicha, ayni damda erkin agent bo`lib turgan futbolchiga “Lasio” katta qiziqish bildirmoqda.
Rimliklar ispaniyalik yarim himoyachiga yiliga 3,5 millin evro maosh to`lashga tayyor ekani aytilmoqda. Bir muddat avval Xesus Navas “Sevilya”ga o`tishdan bosh tortgandi.