Germaniya terma jamoasi Konfederasiyalar Kubogi–2017 turniri finalida Chilini 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib, bosh sorvinga ega chiqdi.
“Nemis mashinasi” ustozi Yoaxim Lyov final bahsidan keyin o`z fikrlarini bildirar ekan, Germaniya hamon dunyodagi eng zo`r terma jamoa ekanini aytdi.
“Men jamoam va futbolchilarim bilan faxrlanaman. Ular bosh sovrinni qo`lga kiritishga haqli edi. Finalgacha Chili termasi kuchli ekanligini bilardik. Ammo, Germaniya hamon dunyodagi eng zo`r terma jamoa bo`lib qoldi.
Biz Jahon chempionlari va endi Konfederasiya Kubogi sohibimiz. Musobaqani yosh yigitlar yutib olishdi. Bu tarixdagi muhim hodisalardan biriga aylandi”, – dedi Yoaxim Lyov.