Italiyaning “Milan” jamoasi yarim himoyachisi Suso o`z faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, Susoga “Tottenxem” klubidan qiziqish bor. Londonliklar yarim himoyachini xarid qilish borasida milanliklarga taklif jo`natgan.
Biroq “Milan” rahbarlari futbolchini sotishga shoshilmayapti. Chunki Suso o`tgan mavsumda yaxshi o`yin namoyish qilib, ko`pchilikda ishonch uyg`otdi.
O`tgan mavsumda Suso “Milan”ning 34 o`yinida maydonga tushib, 7 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.