Aktrisa Sitora Alimjonova shaxsiy hayotiga oid muhim sirni oshkor qildi.
Sitora “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida sevgan insoni borligini va unga turmushga chiqayotganini ma`lum qildi:
“Yigitim bilan 2012 yilda tanishganmiz. Yaqinda to`y qilamiz. U toshkentlik, ayrimlar aytganidek chet ellik yoki sportchi emas. Nega aynan endi to`y qilayotganimizga to`xtaladigan bo`lsam, o`sha paytda men yosh edim, kar`era qilishim kerak edi. U ham oyoqqa turib olishi kerak edi. Mana endi mening orzuimdagi to`y qilib, turmush qurmoqdamiz. U paytda men hali Sitora Alimjonova emas edim. U meni aktrisa sifatida bilmagan. Facebook orqali tasodifan tanishib qolganmiz. Bir muddat gaplashib yurdik, orada ajralib ham ketdik. Keyin yana topishdik.
Bo`lajak turmush o`rtog`im 27 yoshda, u tadbirkor”
“Yigitim bilan arazlashib qolgan paytimda “Shok.uz” saytining “To`y” loyihasida Sharof Muqimov bilan ishtirok etdim”, — deydi aktrisa so`zlarini davom ettirib.
Sitora Alimjonova shuningdek, to`yi shu yilning 8 avgustida Tailandning Pxuket orolida bo`lib o`tishini va unda kelin-kuyovning qarindoshlari, yaqinlari va do`stlari ishtirok etishini ma`lum qildi.
Ma`lumot uchun, Sitora xonanda Ulug`bek Rahmatullaevning “Sog`inib” klipidagi obrazi orqali elga tanilgan.