AsosiySport

CAFA U-15 Boys Tournament: Afg`oniston ishonchli tarzda Tojikistonni mag`lubiyatga uchratdi

'CAFA U-15 Boys Tournament: Afg`oniston ishonchli tarzda Tojikistonni mag`lubiyatga uchratdi 'ning rasmi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasining CAFA U-15 Boys Tournament musobaqasi 1-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.

Avval xabar berilganidek, O`zbekiston o`smirlar termasi Qirg`iziston U-15 futbolchilari bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida g`alaba qozongandi.

Turning ikkinchi o`yinida mezbon Tojikiston va Afg`oniston o`smirlari bahs olib bordi. O`zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqaruvida o`tkazilgan o`yinda afg`onistonlik yosh futbolchilar 3:1 hisobida g`alaba qozondi.

1-turdan keyin Afg`oniston o`smirlar termasi to`plar nisbati bo`yicha yaxshiroq natija qayd qilgan holda 1-o`rinda bormoqda. O`zbekiston U-15 termasi hozircha ikkinchi o`rinni egallab turibdi.

CAFA U-15 Boys Tournament
Tojikiston, Dushanbe
3 iyul, dushanba

Afg`oniston U-15 – Tojikiston U-15 — 3:1

Gollar: Fardin Nosiri (2), Sayid Ashgur Husayni (83, 90+6) – Fayziddin Nazarov (41)

Ogohlantirish: Fardin Nosiri (7)

Bosh hakam: Jasur Muxtorov (O`zbekiston).

Qanot hakamlari: Baxtiyor Shavkatov, Sultonmurod Ulfatov (ikkisi – O`zbekiston).

Zaxira hakami: Spartak Danilenko (Qirg`iziston).

Jamoa

O`

G`

M

D

T/N

O

1

Afg`oniston

1

1

0

0

3-1

3

2

O`ZBEKISTON

1

1

0

0

2-1

3

3

Turkmaniston

0

0

0

0

0-0

0

4

Qirg`iziston

1

0

0

1

1-2

0

5

Tojikiston

1

0

0

1

1-3

0

Boshqa yangiliklar