“Inter” jamoasi rahbariyati Gollandiyaning “Ayaks” klubi markaziy himoyachisi Davinson Sanchesga katta qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
O`z navbatida gollandiyaliklar Sanchesni sotishga qarshi emas, ammo “Ayaks” kolumbiyalik 21 yoshli futbolchi uchun 30 million evro so`ramoqda.
Qayd etish kerakki, “Ayaks” 33 yoshli himoyachi Xayko Vestermann bilan o`zaro kelishgan holda shartnomani bekor qildi. Shu sababli gollandiyaliklar yosh himoyachini sotmasligi mumkin.






