AsosiySport

“Milan” o`z tarbiyalanuvichisini qaytarmoqchi

'“Milan” o`z tarbiyalanuvichisini qaytarmoqchi 'ning rasmi

“Milan” jamoasi rahbariyati o`z tarbiyalanuvichisi, ayni vatqda Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyangni o`z safiga qo`shib olmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka Di Marsio ma`lum qildi.

“Borussiya” gabonlik futbolchining trasferida 70 million evro ishlab olmoqchi, biroq “rossonerilar” so`ralayotgan pul juda katta deb hisoblamoqda. Ayni vaqtda “Milan” futbolchining transferi va maoshini qisqartirish niyatida.

Per-Emerik Obameyangning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar davom etadi. O`tgan mavsumda Obameyang Bundesliganing 32 o`yinida 31 ta gol urib, to`purarga aylangandi.

Boshqa yangiliklar