"Real" bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylangan Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Pepe faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradigan bo`ldi.

34 yoshli futbolchi "Beshiktosh" klubi bilan shartnoma imzoladi. Xabarlarga qaraganda shartnoma 2 yil muddatga imzolangan. Pepe ushbu muddat ichida jami 12 mln evro maosh oladi.






