O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi bitiruvchilarning o`qishni davom ettirishlari yuzasidan rasmiy axborot berdi.
Joriy o`quv yilida 9-sinfni bitirgan o`quvchilar ota-onalari va o`zlarining xohishlariga ko`ra ongli ravishda kasb-hunar kolleji, akademik lisey yoki o`zlari ta`lim olgan maktablarda majburiy ta`limni davom ettiradilar.
Xalq ta`limi vazirligi har kimning ta`lim olish huquqini hurmat qiladi va kafolatlaydi.