AsosiySport

“Lokomotiv” Minsk shahrida ikkinchi davraga tayyorgarlikni ko`radi

'“Lokomotiv” Minsk shahrida ikkinchi davraga tayyorgarlikni ko`radi'ning rasmi

“Lokomotiv” futbolchilari kecha O`zbekiston kubogi chorak final o`yinlari doirasida “Buxoro” jamoasi maydoniga safar uyushtirishdi hamda 0:0 hisobida durang o`ynashdi.

Shu tariqa, milliy chempionatimiz birinchi davrasi doirasidagi barcha uchrashuvlarini ham o`tkazib ulgurgan jamoamiz vakillariga bugundan qisqa ta`til e`lon qilindi. Unga ko`ra, “temiryo`lchilar” 5 kunlik ta`tilga chiqishdi. 10 iyul sanasida “Lokomotiv” futbolchilari yana klub qarorgohida to`planishadi va jamoa xorij yig`inini o`tkazish uchun Belorussiya poytaxti Minsk shahriga yo`l oladi.

Xorij yig`ini davomida qaysi jamoalar bilan sinov-nazorat uchrashuvlari o`tkazilishi xususida keyinroq yana ma`lumot beriladi.

Boshqa yangiliklar