"Barselona" jamoasining "Tvitter"dagi sahifasi klub ishqibozlari uchun quvonchli xabarni taqdim etdi.
Kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi klub bilan shartnomani uzaytirdi. Yangi kelishuv 2021 yilning yozigacha belgilangan. Endi futbolchining shartnomasidagi badal pul 300 mln. evroga etdi.