"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda ham pul ishlab topadi. Portugaliya terma jamoasi futbolchisi "Instagram"dagi bir surati uchun 400 ming evro ishlab oladi va bu ko`rsatkich bilan Ronaldu uchinchi o`rinni egallab turibdi, deb yozadi CA nashri.
Birinchi o`rinda aktrisa va xonanda Selena Gomes. 112 mln. kuzatuvchiga ega Selena bir suratidan 550 ming evro daromad ko`radi. Ikkinchi o`rinda esa aktrisa, fotomodel Kim Kardashyan. Uning o`quvchilari soni 100 mln. nafa va har bir surat uchun 500 ming evro ishlab topadi.
Ronalduning o`quvchilari soni ayni damda 106 mln. kishiga etgan. Portugaliyalik futbolchi so`nggi mavsumda La Liga, Chempionlar ligasi va klublar o`rtasidagi jahon chempionatida g`olib chiqdi.