Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasining CAFA U-15 Boys Tournament xalqaro turnirining 3-tur uchrashuvlari o`z yakuniga etdi.
Ushbu turning ilk o`yinida Turkmaniston o`smirlar termasi qirg`izistonlik tengdoshlari bilan kuch sinashib, 3:0 hisobida g`alaba qozondi va dastlabki 3 ochkoga ega bo`ldi.
Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-15 termasi 3-turda musobaqa mezboni Tojikiston o`smirlari bilan bahslashdi va 2:1 hisobida zafar quchdi. Afg`oniston U-15 termasi ushbu turda dam oldi.
O`tkazilgan 3 ta o`yinning barchasida g`alaba qozongan O`zbekiston o`smirlar termasi 9 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
CAFA U-15 Boys Tournament
Tojikiston, Dushanbe
5 iyul, chorshanba
Tojikiston U-15 – O`zbekiston U-15 — 1:2
Gollar: Alisher Rahimov (70) – Bo`ronbek Mirzasalimov (60, 69)
Ogohlantirishlar: Zuhriddin Fuzaylov (9) – Foziljon Pirimqulov (36), Saidumarxon Sodiqov (82), Diyor Xolmatov (86)
Tojikiston U-15: Muhammadzafar Qurbonov, G`affor Mehriboni, Alinur Niyozbekov, Shamsiddin Firuzjoni, Zuhriddin Fuzaylov, Fayziddin Nazarov (Dovud Hakimov, 67), Sherzod Dadaboev, Mehrob Shoev (Muhammadjon Rizomov, 46), Jamshid Sattorov (Jamshid Oqilov, 67), Alisher Rahimov, Muhammadali Mahmudov (Umidjon Ramazonov, 57).
O`zbekiston U-15: Sarvar Yo`ldoshev, Alibek Davronov, Foziljon Pirimqulov (Saidumarxon Sodiqov, 39 – Abdujabbor Zuhriddinov, 86), Abdumutal Rajabboev, Bektemir Abdumannonov, Sultonbek Nekboev, Jaloliddin Sodiqov (Husain Norchaev, 16 – Jasurbek Qahhorjonov, 90+2), Javohir Abdualimov, Diyor Xolmatov, Bo`ronbek Mirzasalimov, Ikrom Erkinov.
Bugun barcha jamoalar dam oladi va 7–8 iyul kunlari so`nggi o`yinlar bo`lib o`tadi.
7 iyul, juma
18:00 Afg`oniston U-15 – Turkmaniston U-15
21:00 Tojikiston U-15 – Qirg`iziston U-15
8 iyul, shanba
18:00 O`zbekiston U-15 – Afg`oniston U-15
21:00 Turkmaniston U-15 – Tojikiston U-15
| № | Jamoa | O` | G` | D | M | T/N | O |
| 1 | O`ZBEKISTON | 3 | 3 | 0 | 0 | 10-4 | 9 |
| 2 | Afg`oniston | 2 | 2 | 0 | 0 | 6-2 | 6 |
| 3 | Turkmaniston | 2 | 1 | 0 | 1 | 5-6 | 3 |
| 4 | Tojikiston | 2 | 0 | 0 | 2 | 2-5 | 0 |
| 5 | Qirg`iziston | 3 | 0 | 0 | 3 | 2-8 | 0 |






