AsosiySport

"Bunyodkor" klubi "o`zbek Neymari"ni o`z safiga qo`shib oldi

'"Bunyodkor" klubi "o`zbek Neymari"ni o`z safiga qo`shib oldi'ning rasmi

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o`z safiga iqtidorli hujumchi qo`shib oldi. Bungacha Toshkentning “Obod” klubida faoliyat yuritgan Shoxruz Norxonov keyingi faoliyatini “Bunyodkor” bilan bog`ladi.

“Bunyodkor” va Shoxruz Norxonov o`rtasida uch yarim yillik bitim imzolandi. “Bunyodkor” oilasiga xush kelibsan, Norxonov!”, - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

FUTBOLChI MA`LUMOTLARI
To`liq ismi: Shoxruz Lutfulla o`g`li Norxonov
Tug`ilgan sanasi: 13.04.1993
Tug`ilgan joyi: Toshkent shahri
Ampluasi: Hujumchi
Bo`yi: 178 sm
Vazni: 70 kg

2016-2017 yillar mobaynida “Obod” jamoasi safida oliy liga bahslarida 43ta uchrashuv o`tkazib, 17ta gol urgan.

Boshqa yangiliklar