AsosiySport

O`zbekiston yoshlar termasi Qatardagi turnirni durang bilan tugatdi

'O`zbekiston yoshlar termasi Qatardagi turnirni durang bilan tugatdi 'ning rasmi

Qatar poytaxti Doha shahrida 22 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasida U-22 Three Nations Tournament xalqaro turnirini o`z yakuniga etdi.

O`zbekiston yoshlar termasi so`nggi o`yinni mezbon Qatar U-22 futbolchilariga qarshi o`tkazib, 1:1 hisobida durang o`ynadi. O`yinning 21-daqiqasida qatarliklar a`zosi Abdulrahmon Fahmi hisobni ochgan bo`lsa, 36-daqiqada Bobur Abduxoliqov muvozanatni tikladi va uchrashuv yakuniga qadar hisob o`zgarmadi.

Shu tariqa, Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-22 terma jamoasi o`tkazilgan 4 o`yindan 3 tasida g`alaba qozondi va 1 ta o`yinda durang o`ynadi. O`zbekistonlik futbolchilar mazkur o`yindan avval musobaqa g`olibligini qo`lga kiritgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o`tamiz, ushbu turnir O`zbekiston yoshlar termasi uchun 2018 yili Xitoyda bo`lib o`tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o`tadi. Saralash bosqichi shu yilning 15–19 iyul kunlari BAAda bo`lib o`tadi.

U-22 Three Nations Tournament
Al Sadd stadioni
5 iyul, chorshanba

Qatar U-22 – O`zbekiston U-22 — 1:1

Gollar: Abdulrahmon Fahmi (21) – Bobur Abduxoliqov (36)

Qatar U-22: Muhammad al-Bakri, Tariq Sulaymon (Assim Madibu, 20), Salah Alavi (Sulton al-Braik, 65), Tamim al-Muhayza, Salim al-Xajri (Bassam Husham, 65), Ahmad Moin, Ahmad Saadi (Meshal Qosim, 76), Abdulrahmon Anad, Abdulrahmon Fahmi (Xolid Munir, 46), Almuaz Ali Abdulla, Abdulloh Abdulsalom (Umar al-Emadiy, 76).

O`zbekiston U-22: Dilshod Hamroev (Botirali Ergashev, 63), Abbos Otaxonov, Doston Tursunov (Islom Qobilov, 30), Husniddin G`ofurov, Doniyor Narzullaev (Bekzod G`anijonov, 74), Xurshid G`iyosov (Oybek Rustamov, 63), Jasur Yaxshiboev (Xojiakbar Alijonov, 63), Abdujamol Isroilov, Sharof Muhiddinov (Javohir Siddiqov, 46), Bobur Abduxoliqov (Suhrob Nurulloev, 46), Zabihillo O`rinboev (Andrey Sidorov, 74).

Boshqa yangiliklar