“Lester” jamoasi “Manchester Siti” klubi hujumchisi Kelechi Ixeanachoni sotib olishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi.
Daily Mail nashrining ma`lum qilishicha, klublar o`rtasida muzokaralar davom ettirmoqda. Nigeriyalik futbolchining transfer qiymati 25 million evroga baholangan.
Qayd etish kerakki, 20 yoshli futbolchiga “Vest Xem” ham qiziqish bildirmoqda. O`tgan mavsumda Kelechi Ixeanacho APLning 20 ta o`yinida maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.






