Gana terma jamoasi sardori Asamo Gyan faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradigan bo`ldi.
31 yoshli futbolchi o`tgan mavsum Turkiya Super ligasi 15-o`rinni olgan “Kayserispor” jamoasi safiga borib qo`shildi. Gyan turk klubi bilan ikk yillik bitim tuzdi. Qayd etib o`tish joiz, kelishuvni yana bir yilga uzaytirish haqida ham shartnomada aloxida band mavjud.
Transfer huquqi Xitoyning “Shanxay SIPG” klubiga tegishli bo`lgan Gyan yakunlangan mavsumda BAAning “Al-Axli” jamoasida ijara asosida to`p surdi.
Qayd etish kerakki, Xitoyning “Shanxay SIPG” klubida O`zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to`p suradi.






