Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachi Shinji Kagava bilan hamkorlikni uzaytirishga qaror qildi.
Bild nashrining ma`lum qilishicha, dortmundliklar yaponiyalik futbolchi bilan kelishuv muddatini yana ikki yilga, ya`ni, 2020 yilgacha uzaytirdi.
O`tgan mavsumda Kagava Germaniya Bundesligasining 21 ta o`yinida maydonga tushib, 1 gol urgan va 6 ta golga hammualliflik qilgandi.






