Baykal orti o`lkasining Xilok shahrida yashovchi ayol uch oylik chaqalog`ini yig`lagani uchun yostiq bilan bo`g`ib o`ldirdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, 26 yoshli ayol qotillikda ayblangandan keyin o`z aybini to`liq tan olib, ko`rsatma berdi. Sud qaroriga binoan ayol chorshanba kuni qamoqqa olindi. Jinoyat tergov qilinmoqda, bo`lib o`tgan hodisa sabablari o`rganilmoqda.