AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi

'​Shavkat Mirziyoev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 7 iyul kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi, deb yozadi O`zA.

Shavkat Mirziyoev o`zining saylovoldi dasturida bu boradagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko`tarish, mamlakatimizning barcha hududlari qatori Namangan viloyatini ham izchil rivojlantirish bo`yicha ulkan reja va maqsadlarni bayon etgan edi.

Prezidentimiz Namanganga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va istiqbolli loyihalar bilan tanishadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar