1988 yilda xitoylik Szou Xongyan (Zou Hongyan) o`g`ir farzand ko`rgan edi, deb yozdi Pozitivno.me nashri .
Ammo tug`ruq asoratsiz o`tmadi. Ayolning o`g`lida serebral falajlik aniqlanib, u bir umr nogironlikka mahkum bo`ldi. Shifokorlar Szoudan bolasidan voz kechishni, u jismoniy muammolar tufayli to`laqonli hayot kechira olmasligini, onasiga bir umr yuk bo`lishini ta`kidlashdi.
Szouning turmush o`rtog`i ham boladan voz kechishni talab qildi. Biroq Szou shifokorlarning ham, erining ham gapiga quloq solmadi. Turmush o`rtog`i bilan ajrashib, hayotini farzandining tarbiyasiga va uni oyoqqa turg`azishga bag`ishladi.
Szou o`zi va bolasini boqish uchun bir paytning o`zida uchta joyda ishladi. Ishdan qaytgach, kechqurunlari o`g`li bilan ongni va his-tuyg`ularni rivojlantiruvchi o`yinlar o`ynadi. U hatto o`g`liga bambuk tayoqchalaridan foydalanishni ham o`rgatdi. O`sha paytlarni Szou shunday xotirlaydi: “O`g`limning jismoniy kamchiliklaridan uyalishini istamadim. Shuning uchun qattiqqo`llik bilan o`z muammolari ustida ishlashni talab qildim”.
Oradan 29 yil etib, mazkur Din Din ismli bola Pekin universitetining atrof-muhit va texnika yo`nalishi bo`yicha bakalavr bosqichini tugatib, Garvard universitetining huquqshunoslik fakultetiga o`qishga kirdi. Ayol o`zining shunday mehnatsevar va tirishqoq o`g`li borligidan faxrlanadi. O`z navbatida yigit ham onasidan juda minnatdor! Ona muhabbati buyuk mo``jizalarni yaratishga qodir!