11 iyul, seshanba kuni "Paxtakor" futbol klubi barcha OAV vakillarini matbuot anjumaniga taklif qiladi.
Matbuot anjumanida jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilar - braziliyalik Tiago Bezerra, isroillik Gidi Kanyuk, o`zbekistonlik o`yinchilar Sherzod A`zamov va Eldor Suyunov bilan shartnoma imzolanadi hamda ular ishtirokida matbuot anjumani o`tkaziladi. Tadbirda "Paxtakor" futbol klubi rahbariyati va bosh murabbiy Shota Arveladze ham ishtirok etadi.
11 iyul kuni "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida soat 11:00da boshlanadigan marosimga barcha turdagi OAV vakillari taklif etiladi.






