AsosiySport

Lionel Messi qamoq jazosiga hukm etilmaydigan bo`ldi

'Lionel Messi qamoq jazosiga hukm etilmaydigan bo`ldi'ning rasmi

Ispaniya sudi “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga nisbatan jazo turini o`zgartirishga qaror qildi.

Argentinalik futbolchi avvaliga 21 oylik qamoq jazosiga hukm etilgandi. Endilikda, Messi 252 ming evro miqdoridagi jarima bilan “suvdan quruq” chiqadigan bo`ldi. Uning otasi Xorxe Messi esa 180 ming evro miqdoridagi jarimani to`lashi belgilandi.

Ma`lumot uchun, ota va bola Messilar 2016 yilning iyun oyida 2007–2009 yillarda 4,1 mln evro miqdoridagi soliqdan bo`yin tovlagani uchun sud oldida javob bergan edi.

Boshqa yangiliklar