“Lester” jamoasi yarim himoyachisi Riyad Mahrez boshqa klubga o`tmaydi. Bu haqda “tulkilar” bosh murabbiyi Kreyg Shekspir ma`lum qildi.
“Havotir olishning keragi yo`q. To`g`ri, kuchli futbolchining jamoadan ketishi achinarli bo`lardi. Lekin, Mahrezning aaldagi shartnomasi bor. Professional sifatida u kelishuv muddaini o`tashi lozim. Uning transferi borasida hech qanday taklif olganimiz yo`q”, – dedi Shekspir.
O`tgan mavsumda jazoirlik futbolchi APL doirasida 36 o`yin o`tkazib, 6 ta golga mualliflik qilgan.