Gollandiyaning “Ayaks” klubi hujumchisi Abdulhaq Nurini vertolyotda evakuasiya qilishga majbur bo`lishdi. Bu haqda Championat.asia nashri xabar bermoqda.
20 yoshli futbolchi Bremenning “Verder” klubiga qarshi kechayotgan o`rtoqlik uchrashuvi chog`ida xushini yo`qotib yiqilgan. Zudlik bilan maydonga vertolyot chaqirilgan.
Shifokorlar qo`ygan tashxisga ko`ra futbolchi yurak aritmiyasini boshidan o`tkazgan. Uning sog`ligi normal holatda ekanligi aytilyapti.






