Ispaniyaning “Barselona” klubi darvozaboni Xose Aurelio Suares La liga debyutanti “Jirona” jamoasi a`zosiga aylandi.
21 yoshli kiper erkin agent maqomida “blaugranaslar” safini tark etdi va “Jirona” tarkibiga borib qo`shildi. U “Jirona” bilan to`rt yillik shartnoma imzolagani aytilmoqda.
Ma`lumot uchun, Suares 2013/14 yilgi yoshlar o`rtasidagi EChL g`olibi sanaladi.






