“Manchester Yunayted” klubining yangi hujumchisi — belgiyalik Romelu Lukaku "Everton" bilan xayrlashdi.
– Men "MYu" bilan besh yillik shartnoma imzolab, o`zimni ushbu jamoa o`yinchisi deya his qilayotganimdan xursandman. "Everton"da meni qo`llab-quvvatlagan barchaga o`z minnatdorligimni bildiraman. Jamoani doimo yuragimda saqlayman, – deydi Lukaku.
Eslatib o`tamiz, "Everton" Lukakuning transferidan 85 mln evro ishlab oladi. Avvalroq "MYu" hujumchisi Ueyn Runi "Everton"ga o`tgani haqida xabar berilgandi.