"Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyi Shota Arveladze yakshanba kungi mashg`ulotdan keyin jamoadagi dastlabki kunlari bo`yicha fikr bildirdi.
"Jamoa bilan ishlashga kirishdik. Hozircha iliq taassurotlarga egaman. Mashg`ulotlarni boshladik. Mehnat qilish uchun ishtiyoq etarli. Biz ikkinchi davrada ko`plab ochkolar jamg`arishimiz zarur. Ishlaymiz va qolganini vaqt ko`rsatadi. Butun klub, xodimlar, rahbariyat, futbolchilar va klub Prezidentida yuqori ishtiyoq mavjud.
Qisqa muddat ichida mashg`ulot o`tkazish uchun barcha sharoitlar muhayyo etildi. Tashkiliy ishlar a`lo darajada bajarildi. Bu ishlar qisqa muddatni emas, balki uzoqni ko`zlagan holda amalga oshirilmoqda. Yig`inlarda yaxshi holatga kirib olishga intilamiz", - deb ta`kidladi Shota Yustinovich.