"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi, dunyoning eng qimmat futbolchisi Pol Pogba ESPN nashri jurnalisti bilan hazillashmoqchi bo`lib, uni basseynga itarib yubordi. Bu haqda Mirror nashri ma`lum qilmoqda.
Jurnalist qiz "MYu"ning yangi a`zosi Romelu Lukakudan intervyu olayotgan edi. Shundan so`ng ular o`yin o`ynadi va jurnalist qiz yutqazdi. Aslida u o`zini suvga tashlashi kerak edi, biroq Pogba unga yordamlashib yubordi.