AsosiySport

"Sevilya" Vitolo bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytirdi

'"Sevilya" Vitolo bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytirdi'ning rasmi

Ispaniyaning “Sevilya” klubi yarim himoyachi Vitolo bilan shartnoma uzaytirilganligini e`lon qildi.

Andalusiyaliklarning rasmiy sayti xabariga ko`ra, yangi kelishuv 2020 yilga qadar mo`ljallangan. Uning oldingi kelishuvi 2020 yilda nihoyasiga etar edi. U 2013 yildan buyon “Sevilya” safida to`p surib keladi.

Ma`lumot uchun, yakunlangan mavsumda ispaniyalik futbolchi La ligada 30 o`yinda ishtirok etdi va 6 ta gol kiritib, yana shuncha golga assistentlik qildi.

Boshqa yangiliklar