AsosiySport

"Barselona" sobiq futbolchisi klubning elchisiga aylandi

'"Barselona" sobiq futbolchisi klubning elchisiga aylandi'ning rasmi

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi sobiq himoyachisi Juliano Belletti klubning rasmiy elchisiga aylandi. Braziliyalik sobiq futbolchi yaqin yillarda “Barselona” nomidan turli tadbirlarda ishtirok etadi.

“Men uchun jahondagi eng yaxshi jamoaning bir a`zosi bo`lish sharafdir. Men “Barselona” klubi brendini jahon bo`ylab reklama qilaman va bu shunchaki, oddiy jamoa emasligini namoyosh etaman”, – dedi Belletti.

Ma`lumot uchun, 41 yoshli himoyachi 2004-2007 yillarda “Barselona” safida to`p surgan va ikki bor La ligada g`olib chiqib, ikki bor Ispaniya Superkubogini qo`lga kiritgan. Bundan tashqari 2006 yilgi Evropa Chempionlar ligasida ham zafar quchgan.

Boshqa yangiliklar