FIFA Rossiya mezbonlik qilgan Konfederasiyalar Kubogi–2017 turnirida kiritilgan eng chiroyli gol uchun tanlov e`lon qilib, ovoz berish jarayonini o`tkazdi.
Ovoz berish jarayoni yakuniga etdi va Meksika terma jamoasi a`zosi Marko Fabian musobaqaning eng chiroyli goli muallifiga aylandi. Meksikalik futbolchi Germaniya termasiga qarshi (1:4) yarim finalda ushbu golni kiritgandi.
Turnirning eng chiroyli goli uchun Raul Ximenes (Meksika – Yangi Zelandiya, guruh bosqichi), Kerem Demirbay (Germaniya – Kamerun, guruh bosqichi), Andre-Frank Angissa (Kamerun – Avstraliya, guruh bosqichi), Andre Silva (Yangi Zelandiya – Portugaliya, guruh bosqichi), Rikardo Kuarejma (Portugaliya – Meksika, guruh bosqichi) tomonidan kiritilgan gollar turnirning eng chiroyli goli bo`lish uchun da`vogarlik qilgandi.






