AsosiyJamiyat

​ISLOM KARIMOV XOTIRASIGA BAG`IShLANGAN ENG YaXShI MAQOLA MUALLIFLARI PUL MUKOFOTLARI BILAN TAQDIRLANADI

'​ISLOM KARIMOV XOTIRASIGA BAG`IShLANGAN ENG YaXShI MAQOLA MUALLIFLARI PUL MUKOFOTLARI BILAN TAQDIRLANADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini, uning mamlakatimiz mustaqilligini qo`lga kiritishga, milliy davlatchiligimizni qurishga qo`shgan ulkan hissasi va Islom Karimov shaxsining tarixiy rolini abadiylashtirish, shuningdek, uning merosini ommalashtirish maqsadida “Islom Karimov xotirasiga bag`ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola” ko`rik-tanlovi o`tkaziladi.

Ko`rik-tanlov tashkilotchilari – O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazi, Milliy g`oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`zbekiston Fanlar akademiyasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi, O`zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg`armasi, Respublika «Mahalla» xayriya jamoat fondi, O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy memorial majmua.

Ko`rik-tanlov bir bosqichda Islom Karimovning 80 yilligi arafasida o`tkaziladi.

Ko`rik-tanlovga 2016-2017 yillarda respublika hamda xorij gazeta va jurnallarida chop etilgan, internet nashrlarida berilgan materiallar 2017 yilning 31 dekabrigacha qabul qilinadi.

Tanlov g`oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta`sis etilgan:

“Islom Karimov xotirasiga bag`ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola” ko`rik-tanlovi g`olibi maxsus diplom va O`zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 100 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Ikkinchi o`rinni olgan ikkita ishtirokchi diplom va eng kam ish haqining 75 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Uchinchi o`rinni olgan uchta ishtirokchi diplom va eng kam ish haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shu bilan birga, ko`rik-tanlov tashkilotchilari rag`batlantiruvchi mukofotlarni ham ta`sis etgan.

Ko`rik-tanlov shartlari:

Ko`rik-tanlovga milliy va xorijiy gazeta hamda jurnallarda, internet nashrlarida e`lon qilingan ishlar qabul qilinadi.

Ko`rik-tanlovga taqdim etilgan ilmiy-ommabop maqolalarni baholashda quyidagi mezonlar qo`llaniladi:

- O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mustaqillikni qo`lga kiritishga, milliy davlatchilikni qurishdagi tarixiy roli va ulkan hissasi yoritib berilganligi;

- Islom Karimovning buyuk shaxs, erkin fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat asoschisi va bunyodkori sifatidagi hayoti va serqirra faoliyati yoritib berilganligi;

- Islom Karimov rahbarligida O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va mustahkamlanishi tarixi yoritilganligi;

- tarixiy haqiqatga to`g`ri kelishi;

- ilmiy manbalardan keng foydalanganligi;

- yuqori ilmiy, badiiy saviyada yozilganligi;

- keng kitobxonlarga mo`ljallanganligi.

Ko`rik-tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinishi lozim:

- muallif haqida ma`lumotnoma (ob`ektivka);

- muallifning turar joyi haqidagi ma`lumotlar, uy va ish telefonlari raqamlari;

- muallifning pasport nusxasi.

Tanlov g`oliblarini tantanali mukofotlash marosimi 2018 yil 30 yanvar – Islom Karimov tavallud topgan kuni o`tkaziladi.

Materiallar “Islom Karimov xotirasiga bag`ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola” ko`rik-tanloviga deb ko`rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

100163, Toshkent shahri, Afrosiyob ko`chasi, 1/1-uy.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy memorial majmua.

Ma`lumot uchun telefon raqamlari: 239-53-91.

Elektron pochta manzili: immm@umail.uz; majmua@umail.uz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar