Italiyaning “Roma” jamoasi Germaniyaning “Shalke-04” himoyachisi Matiya Nastasichni sotib olishga yaqin turibdi. Sky Sports nashrining ma`lum qilishicha, tomonlar transfer bo`yicha kelishib olgan.
24 yoshli serbiyalik futbolchi “Roma”da “Chelsi”ga o`tib ketgan Antonio Ryudiger o`rnini egallashi kutilmoqda. Rimliklar sport direktori Nastasich uchun so`ralayotgan 20 mln evro narxni pasaytirib, uning o`rniga bonuslar bermoqchi.
O`tgan mavsumda serbiyalik himoyachi Bundesligada 22 o`yin o`tkazib, 6 ta sariq kartochka olgan.






